TGViewer
UzTech UK UzTech UK @uztechuk · 813 subscribers
Post #153 974
Temurbek Adhamov bilan uchrashuv - UzTech UK

🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Bu hafta Temurbek Adhamov bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldik.

UCAN Community
tashkil qilgan tanish orttirish (Networking) tadbirida biz ham mehmon bo‘lib qaytdik.

Quyida ba'zi muhim xulosalarni keltiramiz:

1️⃣ AI davrida dasturchining roli muammo tahlili bo‘ladi
AI yordamida kod yozib, muammoni tahlil qilgan va AI natijalarini baholay oladigan maydonda qoladi.

2️⃣ Dunyoqarash va tajriba eng katta sarmoya
Universitet bilan cheklanib bo‘lmaydi, yoshlikdan tajriba orttirish, mehnat va doimiy izlanish kelajakda katta ustunlik beradi.

3️⃣ Mentor, networking va feedback = o‘sish
Yaxshi mentor (ustoz) xatolarni oldini oladi. Networking (tanish orttirish) va feedback (fikr bildirish) esa yangi imkoniyatlar va hamkorlikka yo‘l ochadi.

4️⃣ Talabalik davridan vaqtdan unumli foydalaning
Xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash yaxshi, ammo o‘z sohangizda ham rivojlanish zarur. Kasbingiz egasi bo‘ling.

5️⃣ Global fikrlang
Xorij tajribasini olish qiymatli, ammo eng muhimi - olingan bilimdan foydalana olish. Bu tajribani ertaga O‘zbekistonda tatbiq etish juda muhim.

Atrofingizdagi insonlar siz rivojlanishingizga bevosita ta‘sir qiladi.


Qiymatli fikrlari bilan o‘rtoqlashganlari uchun Temurbek Adhamovga, hamda ushbu ushtashuvni tashkil qilgan UCAN Community jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK
📱 @UzTechUK | 📱 @UzTech-UK
www.UzTech.uk
  • 👍 7
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • ✍ 2
  • ❤‍🔥 1
More from @uztechuk
  1. Sep 9, 2026Gashtak va UzTech UK haqida Oʻzbekiston24 kanalida koʻrsatuv qilishdi.
  2. Sep 9, 2026#uzb_vaqti_bilan | 08.09.2026 "Gashtak" — Britaniyadagi vatandoshlarni birlashtirayotgan l…
  3. Aug 31, 2026Bu haftadagi tech tadbirlar Bugun Bank Holiday bo‘lgani uchun bu hafta seshanbadan boshlan…
  4. Aug 17, 2026Bu haftadagi tech tadbirlar Assalomu alaykum, do‘stlar! Bu hafta Londonda bo‘lib o‘tadigan…
  5. Aug 16, 2026Graduate Programme mavsumi boshlanyapti! Avgust oyidan boshlab UK’dagi ko‘plab kompaniyala…
  6. Aug 14, 2026🇬🇧 Mini Xakaton boshlanishiga oz qoldi. https://t.me/UzTechUK/169 Binoga kelganlar izohd…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →