Post #3188
12.2K
Fotima qizimga...
8 oycha avval tush ko'rdim, tushimda menga, "Yaqinda qiz farzandli bo'lasan, ismini Fotima deb qo'y, yaxshilikka vasila bo'ladi hali", deyildi. Odatda tushlarimni tez unutib yuboraman, lekin bu tushni unutmadim. Farzandli bo'lishimni bilar edim, lekin hali jinsini bilmasdik. Oilamga agar qiz bo'lsa ismini Fotima deb qo'yamiz, dedim, ko'ruvlar payti bildikki, homilaning jinsi qiz bola. O'ziga hamd bo'lsin, eshitib xursand bo'ldim.
Allohning taqdiri ekan, 36 haftalik vaqtida vafot etgan holida tug'ildi... Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetgan musibatlardan biri menga ham yetdi, o'z farzandimni 32 yoshimda tuproqqa qo'ydim. Tuproqqa qo'yar ekanman, tushimni va Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytgan hadisni eslab ko'zlarim tinmadi...
Xolid Absiydan rivoyat qilinadi: "O‘g‘lim vafot etdi. Bundan juda qattiq xafa bo‘ldim. "Ey Abu Hurayra! Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan biror narsa eshitganmisan? O‘lganlarimiz haqida ko‘ngillarimizni ko‘taradigan narsa bormi?" deb so‘radim. "Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning "Kichkintoy farzandlaringiz jannatning erkatoylaridir", deganlarini eshitganman», dedi". Boshqa rivoyatda kelgan qo‘shimchada: "Ulardan biri otasini uchratib, kiyimining bir tarafidan tutib, jannatga kiritguncha qo‘yib yubormaydi", deyilgan.
Ruhimning ruhi, mushfiqim, jannat rayhonim, dilbandim, shafoatchim, Fotimam sizga ruh puflangan vaqtdan vafotingizgacha bo'lgan davrda bizdan rozi bo'ling. Yaxshilikka vasila bo'lishingiz, Robbingizdan bolalarcha xarxasha qilib biz uchun mag'firat so'rashingizdir balki. Dunyoda bolaligingizni ko'ra olmadingiz, jannatlarda sizni katta qilishni Allohdan yolvorib so'rayman. Firdavs jannatlarida ko'rishguncha...
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun

- 😢 1.3K
- ❤ 372
- 🔥 142
- 🥰 3
- 😁 1