🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧
O‘tgan shanba kuni UzTech UK va Yurib Gaplashamiz hamjamiyati bilan Oxford bo‘ylab juda mazmunli kun o‘tkazdik.
Birga yurdik, universitet kollejlari, Harry Potter suratga olingan joylar, muzeylar va Oxford'ning o‘ziga xos muhitini kashf qildik.
Oxford bo‘ylab bizga mezbonlik qilib, har bir maskanning tarixi va qiziqarli hikoyalarini ulashgan Ikboljon Sobirovga, safarni tashkil qilishdagi katta mehnati uchun Saidolim Djuraevga hamda hamkorimiz Yurib Gaplashamiz jamoasi, xususan Ozodbek akaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. 🤝
Dilmurod Rakhmonov o‘sha kunning eng yaxshi lahzalarini videoga muhrlab, ajoyib vlog tayyorladi.
Agar safarda qatnashgan bo‘lsangiz, o‘zingizni videoda topishingiz mumkin 😊. Agar bu safar qo‘shila olmagan bo‘lsangiz, Oxford bo‘ylab biz bilan virtual sayohat qiling.
🎬 To‘liq vlog:
👉 Oxford University Vlog | Kollejlar, tarix va talabalik hayoti | UzTech UK
Videoni ko‘rib, fikringizni izohlarda yozishni unutmang.
Bizni kuzatib boring va keyingi safarlarni o‘tkazib yubormang!
📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
Post #148
703

- ❤ 3
- 🔥 1