🟦🟦🟦
O‘zDJTU rektori talabalar turar joylarida talabalar bilan uchrashdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda 4 ta talabalar turar joyida bo‘lib, talabalar bilan uchrashdi.
Tashrif davomida rektor talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot qilib, ularning yashash sharoitlari, o‘quv jarayoni, kundalik hayoti hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari bilan qiziqdi. Talabalar bilan suhbat jarayonida ularning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, talabalar turar joylaridagi tartib-intizom, tozalik va sanitariya holati, oshxona va umumiy foydalanish joylari, o‘quv va dam olish hududlari, xavfsizlik hamda boshqa zarur sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
O‘zDJTU rektori talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, o‘quv va dam olish uchun mo‘ljallangan hududlardan to‘laqonli foydalanishlari uchun zarur sharoitlarni yanada takomillashtirish muhimligini ta’kidladi.
Tashrif yakunida universitet mas’ullariga talabalar turar joylarida yaratilgan barcha imkoniyatlardan talabalar to‘laqonli foydalanishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda talabalar bilan muntazam muloqot qilib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Post #68205
2.54K










- ❤ 8
- 🔥 2