TGViewer
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ @uzswlu · 18.4K subscribers
Post #69098 2.22K
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU TALABASI “IT QUEENS — KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” RESPUBLIKA TANLOVIDA SOVRINDOR BO‘LDI

11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlari talaba-qizlari o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan “IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Xurramova Ezoza tanlovning “Raqamli ta’lim” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlov talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, robototexnika va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zDJTU talabasining respublika miqyosidagi ushbu yutug‘i universitet yoshlarining raqamli ta’lim sohasidagi salohiyati va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.

Xurramova Ezozani ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va yangi marralarni zabt etishida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
  • 👏 9
  • ❤ 6
  • 🔥 3
  • 🎉 2
  • 🤩 1
More from @uzswlu
  1. Oct 11, 2026photo post
  2. Oct 11, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦 🏐🏐🏐🏐 INGLIZ FILOLOGIYASI FAKULTETIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI! 🇺🇿 O‘zbeki…
  3. Oct 11, 2026📹 Videolavha | “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi O‘zbekiston davlat jahon tillari universite…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →