O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga raisligi muvaffaqiyatli kechayotgani hamda uning yettinchi sammiti yuqori saviyada tashkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.
Shu yilning avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi. Geologiya, energetika, qurilish, transport, logistika, yengil sanoat, turizm va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qilishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #105081
2.05K




- 👍 68
- ❤ 24
- 🔥 16
- 👎 1
- 🎉 1