Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
Prezident Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.
Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi qayd etildi.
Oʻzaro savdo hajmi, sanoat, energetika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda yetakchi korxonalar kooperatsiyasi koʻlami izchil ortib bormoqda.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda: yaqinda mamlakatimizda “Sanʼatlar olami” deb nomlangan Rossiya sanʼati festivali muvaffaqiyatli oʻtkazildi, ayni kunlarda esa Moskva shahrida Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104925
1.49K

- 👍 28
- ❤ 10
- 🔥 8