TGViewer
UzReport.news UzReport.news @uzreport_uz · 22.1K subscribers
Post #104869 944
Neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari kengaytirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 3D seysmik razvedka ishlarining hajmi o‘tgan yilga nisbatan 5 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda. Yil boshidan beshta yangi gaz konlari ochildi, hududlarda 6000 metrgacha va undan ortiq chuqurliklarga 80 ta quduq burg‘ilangan bo‘lsa, to‘rtinchi chorakda ushbu quduqlardan yana 40 tasini burg‘ilash reja qilingan.

Taqdimotda “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tasarrufidagi yirik korxonalarning moliyaviy natijalari ham tahlil qilindi. Joriy yilning to‘qqiz oyi yakuni bilan korxonalarning jamlangan sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sgan, kredit portfelini maqbullashtirish natijasida esa qarzdorlik kamaygan, yuqori foizli kreditlar shartlarini qayta ko‘rib chiqish orqali foiz xarajatlarini tejashga erishilgan.

Taqdimot doirasida gaz transport tizimining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirishga doir loyihalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda yangi magistral gaz quvurlarini qurish, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish kabi tadbirlar qamrab olinadi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, ayrim stansiyalarda zamonaviy elektr dvigatellarini ishga tushirish gaz yetkazib berish barqarorligini oshirish hamda yiliga 125 million kub metr gaz tejash imkonini beradi. Shu munosabat bilan ularni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari natijadorligini oshirish, yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalashtirish manbalari asosida olib borish, tarmoq korxonalari faoliyatida samaradorlikka alohida e‘tibor berish yuzasidan mas‘ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
  • 👍 49
  • ❤ 21
  • 🔥 20
More from @uzreport_uz
  1. Oct 5, 2026Osiyo o’yinlaridan qaytgan O’zbekiston sport delegatsiyasi tantanali kutib olindi Aichi-Na…
  2. Oct 5, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Abrorjo…
  3. Oct 5, 2026Asriy rishtalar muhrlandi: Senat "Markaziy Osiyo – Xitoy" tarixiy shartnomasini maʼqulladi…
  4. Oct 5, 2026Maktabdan ilm-fangacha: O'zbekistonda ta'limning barcha bosqichlari yagona boshqaruv tizim…
  5. Oct 5, 2026Latviyada Oʻzbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha toʻxtatish taklif qilindi Oʻzbe…
  6. Oct 5, 2026O'zbekistonda ayrim dorilar belgilangan narxdan 6 baravar qimmat sotilgani aniqlandi “NO-S…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →