O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
- milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi;
- har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchilarga 30 mln so‘mdan mukofot beriladi;
- har yili 1 000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
- kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga OTM kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104780
1.27K