O‘zbekistonda to‘rt yilda 14 yoshga to‘lmagan shaxslarning nomusiga tegish bo‘yicha 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda 85 ta, 2023-yilda 108 ta, 2024-yilda 129 ta va 2025-yilda 123 ta shunday jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Eng ko‘p holat 2024-yilda qayd etilgan.
Ma'lumot o'rnida, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga umrbod qamoq jazosi taklif etilmoqda. Deputatlar bolalarga nisbatan o‘ta og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Post #104777
1.39K
- 👍 1