🟦🟦🟦
Uzpharminfo.uz yangilanmoqda: tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda nimalar o‘zgaradi?
Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini yanada qulay va shaffofligini ta'minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar, shuningdek, ariza beruvchilar ishtirokida yig‘ilish o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish davomida Uzpharminfo.uz axborot tizimiga kiritilgan so‘nggi yangilanishlar va o‘zgarishlar xususan, tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq elektron jarayonlarda amalga oshirilgan yangiliklar, tizimdagi o‘zgarishlar va ulardan foydalanish tartibi yuzasidan ma’lumot beriladi.
📼 Vaqti: 2026 yil, 7-oktabr soat 10:00
📼 Manzil: Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi majlislar zali (location)
📼 Batafsil ma'lumot uchun: 71 203-01-01
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4917
4.28K

- 🔥 2
- 👍 1