🟦🟦🟦
Tarkibida to‘plam mavjud bo‘lgan tibbiy jihozni ro‘yxatdan o‘tkazish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Tarkibida to‘plam mavjud bo‘lgan tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini yana-da qulay va shaffof tashkil etish maqsadida “Darmon” axborot tizimida ariza topshirish interfeysi yangilandi.
Yangi interfeys orqali arizachilar tibbiy jihoz va uning tarkibidagi to‘plam to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni kiritish, tegishli hujjatlarni elektron shaklda ilova qilish hamda arizani shakllantirib, yuborish imkoniyatiga ega.
Takomillashtirilgan dizayn va tuzilma ariza topshirish jarayonini yana-da sodda va tushunarli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4915
3.26K