🟦🟦
Bugun — 1-oktabr, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi rahbariyati tashabbusi bilan sohada ko‘p yillar samarali faoliyat yuritgan faxriy xodimlar va qadrli ustozlar uchun maxsus bayram dasturi tashkil etilmoqda.
Ayni damda faxriy ustozlarimiz Toshkent shahridagi O‘zbekiston mehmonxonasi oldida jam bo‘lib, ular uchun tashkil etilgan maxsus sayohatga yo‘l olish arafasida.
Bugungi kunning asosiy maqsadi — yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustoz va faxriylarimizga ehtirom ko‘rsatish, ularga bayramona kayfiyat ulashish hamda unutilmas taassurotlar taqdim etish.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4906
4.03K