TGViewer
Uzpharmcontrol Uzpharmcontrol @uzpharmcontrol · 12.7K subscribers
Post #4905 3.32K
🟦🟦🟦

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Avvalo, Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Inson hayotida ustozning o‘rni va ta’siri beqiyos. Zero, har qanday sohaning taraqqiyoti, avvalo, bilimli, fidoyi va o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan mutaxassislarni tarbiyalashdan boshlanadi.

Ayniqsa, farmatsevtika kabi inson salomatligi va hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan sohada ustoz va murabbiylarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Yillar davomida orttirilgan bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, ularni kasbga sadoqat, mas’uliyat va halollik ruhida tarbiyalash — katta sharaf va yuksak mas’uliyatdir.

Bugun yurtimizda farmatsevtika sohasini rivojlantirish, uning ilmiy va kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni keng joriy etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylarning mehnati, albatta, yuksak e’tirofga loyiq.

Fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyat va shogirdlari kamolini ko‘rish baxtini tilayman.
Barchangizni Ustoz va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman!

Alisher Temirov, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 19
  • 🔥 9
  • 👏 4
More from @uzpharmcontrol
  1. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta…
  2. Oct 16, 2026⭕️⭕️⭕️⭕️ Dorixonalardan dori vositalarini BEPUL olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? End…
  3. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Farovonlikning ko‘rinmas bahosi: Pul maqsadga aylanganda nimalarni boy beramiz? Ban…
  4. Oct 16, 20264 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Sifat menejment tizimlari bo‘yicha O’zMS…
  5. Oct 15, 2026💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупреждения о возмож…
  6. Oct 15, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro ekspertlar guruhi Markazda amaliy faoliyatini boshlamoqda O‘zbekist…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →