🟦🟦🟦
O‘zbekiston va Qozog‘iston farmatsevtika sohasida hamkorlikning yangi bosqichini muhokama qildi
Poytaxtimizda bo'lib o'tayotgan USP CAC Regulatory Authorities Meeting forumi doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov, Qozog‘iston Respublikasi Dori vositalari va tibbiy buyumlar milliy markazi (NDDA) direktorining strategik rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Gabit Seydullaev bilan uchrashdi
Muloqotda ikki mamlakat farmatsevtika sohasidagi regulyatorlar hamkorligni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar Qo'shma harakatlar rejasi orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan aniq yo‘nalishlarni ko‘rib chiqib, farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish sohasida o‘zaro hamkorlikning ustuvor vazifalarini belgilab oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4900
3.39K