TGViewer
Uzpharmcontrol Uzpharmcontrol @uzpharmcontrol · 12.7K subscribers
Post #4899 2.96K
🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

USP CAC Regulatory Authorities Meeting tadbiri doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov Turkiya Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi (TİTCK) Prezidenti Huseyin Chelik bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi hamkorlik Memorandumini amaliy jihatdan rivojlantirish, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash hamda dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, laboratoriya nazorati va farmakonazorat sohalarida tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida ekspert tashriflari va texnik uchrashuvlarni tashkil etish, tartibga solish amaliyotiga oid ma’lumotlar hamda o‘quv materiallari almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.


Uchrashuv yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oluvchi aniq Harakatlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga qaratilgan texnik ishlarni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 🔥 6
  • 👍 1
More from @uzpharmcontrol
  1. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta…
  2. Oct 16, 2026⭕️⭕️⭕️⭕️ Dorixonalardan dori vositalarini BEPUL olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? End…
  3. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Farovonlikning ko‘rinmas bahosi: Pul maqsadga aylanganda nimalarni boy beramiz? Ban…
  4. Oct 16, 20264 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Sifat menejment tizimlari bo‘yicha O’zMS…
  5. Oct 15, 2026💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупреждения о возмож…
  6. Oct 15, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro ekspertlar guruhi Markazda amaliy faoliyatini boshlamoqda O‘zbekist…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →