🟦🟦
USP CAC Regulatory Authorities Meeting Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda
Ayni damda Toshkent shahridagi Bio Pharm City majmuasida mintaqa davlatlarining dori vositalari sohasidagi regulyator organlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida “CAC Regulatory Authorities Meeting” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan AQSH Farmakopeyasi (USP) hamda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Pokiston, Misr va Iordaniya davlatlarining regulyator organlari vakillari, shuningdek, USP ekspertlari ishtirok etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4896
3.23K