💬 44-savol:
Oz‘MSt ISO 13485:2025 milliy standarti talablariga muvofiqlik sertifikati sohasini kengaytirish yoki qisqartirish qanday amalga oshiriladi?
Savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassisi Ma'ruf O'ralov javob berdi.
💳 Javob:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom muvofiq sertifikati sohasini kengaytirish yoki qisqartirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
📼 Oz‘MSt ISO 13485:2025 milliy standarti talablariga muvofiqlik sertifikati sohasini kengaytirishga talabgor tashkilot muvofiqlik sertifikatini bergan menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organiga (keying o‘rinlarda - MTSO) axborot tiizimi orqali ariza beradi.
📼 Sertifikatlashtirish sohasi Nizomini 3-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
📼 Sertifikatlashtirish sohasi sertifikatni bergan MTSO tomonidan tashkilotning sertifikatlashtirish sohasi nazorat auditi natjalariga asosan qisqartiriladi.
📼 Oz‘MSt ISO 13485:2025 milliy standarti sertifikati sohasini qisqartirish uchun to‘lov undirilmaydi.
📼 Sertifikat sohasini kengaytirish yoki qisqartirishda avval berilgan muvofiqlik sertifikatining qolgan muddatiga yangi muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Yangi muvofiqlik sertifikati avval berilgan muvofiqlik sertifikatini uni bergan MTSO ga qaytarilgandan keyin beriladi.
📼 MTSOning sertifikatlash sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 ish kunidan kechiktirmasdan axborot tizimi orqali etkaziladi.
📼 Tashkilot MTSOning sertifikat sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarorni olgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida avvalgi muvofiqlik sertifikatini uni bergan MTSOga keyinchalik O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Davlat reestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun qaytarilishini taminlaydi.
Savol yuborish - @uzpharmcontrol_bot
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
