💬 43-savol:
Sertifikatlashtirilgan sifat menejment tizimlarini davriy baholash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassisi Dilnoza Sattarova javob berdi.
💳 Javob:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomga binoan, sertifikatlashtirilgan sifat menejment tizimlari ustidan nazorat auditlari muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida, sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO tomonidan oʻtkaziladi.
Sertifikatlashtirilgan sifat menejment tizimlari quyidagi davriylikda nazorat auditlaridan oʻtkaziladi:
📼 birinchi nazorat auditi — muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 12 oydan kechikmagan muddatda;
📼 ikkinchi nazorat auditi — birinchi nazorat auditi oʻtkazilgan sanadan 12 oydan kechikmagan muddatda.
Savol yuborish - @uzpharmcontrol_bot
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
