💬 42-savol:
Menejment tizimlariga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilishi qanday hollarda tugatilishi mumkin?
Savolga Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassisi Shaxnoza Urazova javob berdi.
💳 Javob:
Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
📊 nazorat auditi natijalariga koʻra;
📊 tashkilot tomonidan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
📊 tashkilot tugatilganda;
📊 tugatilgan yoki faoliyati toʻxtatilgan vaqtdan boshlab, qayta tashkil etilishi natijasida;
- muvofiqlik sertifikatini amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda tashkilot tomonidan bartaraf etilmaganda;
📊 normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar tashkilot tomonidan muntazam tarzda buzilganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
📊 MTSOning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
📊 muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugaganda.
Savol yuborish - @uzpharmcontrol_bot
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
