TGViewer
Uzpharmcontrol Uzpharmcontrol @uzpharmcontrol · 12.7K subscribers
Post #4219 5.38K
💬 41-savol:

Arizachi tomonidan sertifikatlashtirish uchun ariza va tegishli hujjatlar to‘plami taqdim etilgandan so‘ng, ularni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayoni qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

Savolga Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassisi Dilmurod G'ulomov javob berdi.

💳 Javob:

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom"da Sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish tartibi mavjud bo‘lib unga muvofiq:

📼 MTSO taqdim etilgan ariza va ma'lumotlarni koʻrib chiqib tahlil qiladi, tahlil natijalari boʻyicha 3 ish kuni mobaynida sertifikatlashtirish uchun arizani qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

📼 Ariza beruvchiga 1 ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yoki asoslantirilgan rad javobini taqdim etiladi.

📼 Sertifikatlashtirish uchun ariza qabul qilingan taqdirda, ariza, uni qabul qilib olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida MTSO va ariza beruvchi oʻrtasida sertifikatlashtirish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.

📼 Sertifikatlashtirish uchun arizani qabul qilish rad etilganda, Ariza beruvchi qayd etilgan rad etish sabablarini bartaraf etgandan soʻng sertifikatlashtirish uchun qayta ariza berish huquqiga ega.

Savol yuborish - @uzpharmcontrol_bot


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 7
  • 👏 1
More from @uzpharmcontrol
  1. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta…
  2. Oct 16, 2026⭕️⭕️⭕️⭕️ Dorixonalardan dori vositalarini BEPUL olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? End…
  3. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Farovonlikning ko‘rinmas bahosi: Pul maqsadga aylanganda nimalarni boy beramiz? Ban…
  4. Oct 16, 20264 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Sifat menejment tizimlari bo‘yicha O’zMS…
  5. Oct 15, 2026💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупреждения о возмож…
  6. Oct 15, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro ekspertlar guruhi Markazda amaliy faoliyatini boshlamoqda O‘zbekist…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →