OʻzMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016 IDT) standarti talablariga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlashtirish jarayoni qanday asosiy bosqichlardan iborat va muvofiqlik sertifikati qancha muddatga beriladi?
Savolga Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish organi yetakchi menedjeri Dildora Usmanova javob berdi.
💳 Javob: Talabgorning OʻzMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016 IDT) standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom"ga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
📼 Talabgor tomonidan ariza va hujjatlar to‘plamini tris.uz axborot tizimi orqali topshirish.
📼 Sertifikatlashtirish organi tomonidan arizani ko‘rib chiqish va uni qabul qilish/rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
📼 Talabgor va Sertifikatlashtirish organi o‘rtasida shartnoma tuzish, talabgor tomonidan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish.
📼 Auditorlar guruhini shakllantirish
📼 Sertifikatlashtirish organi auditorlari guruhi tomonidan hujjatlarni tahlil qilish (1-bosqich)
📼 Joyiga chiqib sertifikatlashtirish auditini o‘tkazish (2-bosqich)
📼 Talabgor tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish (mavjud bo‘lsa)
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi talabgorning OʻzMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016 IDT) standarti talablariga muvofiq yoki nomuvofiqligi haqida qaror qabul qiladi. Talabgor standart talablariga muvofiq deb topilgan taqdirda, sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ushbu qaror qabul qilingan so‘ng amal qilish muddati 3 yil bo‘lgan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi va davlat reestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Savol yuborish - @uzpharmcontrol_bot
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
