TGViewer
O‘zJOKU | Rasmiy O‘zJOKU | Rasmiy @uzjmcu · 7.08K subscribers
Post #15004 1.45K
Doktorantura yo‘nalishida yangi ilmiy hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida tadqiqotchilar va doktorantlarning qo‘shma ilmiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlik doirasida muzey tadqiqotchilari hamda universitetning tadqiqotchi va doktorantlari bilim va tajriba almashib, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Universitetda hamkorlikdagi seminar-treninglar har hafta muntazam tashkil etilib, tadqiqot metodologiyasi, ilmiy maqola tayyorlash va natijalarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xususan, Scopus bazasida indekslanadigan jurnallar uchun maqolalar tayyorlash, qo‘lyozmalarni jurnal talablariga moslashtirish va tahririyatga yuborish bo‘yicha amaliy tajribani oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilmiy loyihalar ustida birgalikda ishlash ham hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Manbashunoslik, qadimiy qo‘lyozmalar, mumtoz adabiyot, madaniy eksponatlar va san’atga oid tadqiqotlarni media bilan uyg‘unlashtirish yangi izlanishlar uchun keng imkoniyat yaratadi. Ilmiy meros va tadqiqot natijalarini zamonaviy media formatlari orqali keng auditoriyaga yetkazish ham ko‘zda tutilgan.

Ushbu hamkorlik doktorantlarning ilmiy salohiyatini oshirish va adabiy-madaniy merosni zamonaviy yondashuvlar asosida o‘rganishga xizmat qiladi.
———————————————

😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
  • ❤ 9
  • 🔥 2
  • 😱 1
More from @uzjmcu
  1. Oct 13, 2026O'zbekistonda yangi orzular: xorijlik talabalarning hayoti Bugun O'zbekiston oliy ta'lim m…
  2. Oct 13, 2026SAIDA’ZAM XO‘JAYEV BILAN UCHRASHUV Talabalarni tadbirkor, investor, moliyaviy savodxonlik…
  3. Oct 12, 2026Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimov haqida: "Oʻzlaring koʻrdinglar…
  4. Oct 12, 2026O'zJOKUda dushanba tongi Endi UCSI Universitetining dasturlari O'zJOKUda tashkil etildi. —…
  5. Oct 12, 2026🎶 “YÜCEL ARZEN” MUSIQIY KONSERTI 🇺🇿🇹🇷 Barchangizni Turkiya va O‘zbekiston xalqlarinin…
  6. Oct 12, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar kuni munosabati bilan maxsus uchrashuv Talabalarni marketing va rek…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →