Hammaga salom, bugun biz Telegram’ning so'nggi yangilanishlariga bevosita bog'liq bo'lgan 2021-yilning so'nggi yangilanishini chiqarmoqdamiz.
🔗 Tasdiqlanuvchi havolalar
Bir necha haftalardan beri Telegram foydalanuvchilarning guruhga qo'shilishidan oldin ularning roziligini talab etuvchi guruh havolalarini yaratish imkonini taqdim etdi. Biz ushbu xususiyatni bot orqali bajarish imkonini beruvchi yangi variantni taqdim etdik, buning uchun Sozlamalar ➜ Tasdiqlash bo'limiga o'ting.
Ushbu menyuda funksiyaning afzalliklari haqida to'liq tushuntirilgan:
• captcha foydalanuvchi guruhga qo'shilishidan oldin shaxsiy suhbat orqali hal qilinadi
• foydalanuvchilarni ular qo'shilishidan avval tekshiriladi
• salomlashish xabari guruhda emas, shaxsiy suhbat orqali yuboriladi
🧠 Yangi captcha turi
Biz Captcha tizimida 3 xil yangilanish kiritdik, ular ayniqsa Tasdiqlash rejimida foydalanish uchun ayni muddao:
• Qoidaviy: guruh qoidalari foydalanuvchiga yuboriladi va uni qabul qilish yoki qilmasligiga qarab buyruq belgilanadi
• Matematik: Foydalanuvchiga oddiy matematik amal yuboriladi va foydalanuvchi to'g'ri javobni tanlashi kerak
• Viktorina: Foydalanuvchiga siz tanlagan savol beriladi va u to'g'ri javobni tanlasa capta hal etiladi.
😶🌫️ Niqobli a'zolar 2.0
• Agar siz kanal orqali yozish imkoniyatini to'liq taqiqlasangiz (avvalgi yangilanishimizda qo'shilgan), bot oddiy tekshiruvlarni (antispam, antiflood, taqiqlangan so'zlar va hkz.) ham tekshirish imkonini beradi. Eslatib o'tamiz, jazo faqat foydalanuvchi yozayotgan kanalga (va uning boshqa kanallariga) ta'sir qiladi, foydalanuvchining o'ziga emas.
• Endi kanalga bot tomonidagi rollarni belgilash mumkin (moderator, tozalovchi, muter, yordamchi): agar kanal moderator sifatida belgilangan bo'lsa, kanal egasi moderatorga tegishli bo'lgan barcha buyruqlarga ega bo'ladi.
• Multiban, multikick, multimute va hokazo... buyruqlari endi kanallarni ham jazolash imkonini beradi.
📁 Boshqa yangiliklar
• Rejalashtirilgan qoidalarni o'chirishni Sozlamalar ➜ Xabarlarni o'chirish ➜ Rejalashtirilgan xabarni o'chirish qismidan faollashtirishingiz mumkin.
• Qadalgan xabarlar o'z-o'zini yo'q qiluvchi xabarlar bilan birga o'chib ketmaydi.
• Guruhga qo'shilish uchun foydalanuvchi foydalangan havola LOG kanalda paydo bo'ladi (agar GhSecuritybot dan foydalansangiz)
• Log kanalida foydalanuvchini kim taklif qilgani ko'rsatiladi, agar taklif bot tomonidan berilmagan bo'lsa (va agar GhSecuritybot dan foydalanilsa).
•
/link buyrug'i (adminlar uchun) sezilarli darajada yangilandi va endi sizga taklif havolalarini yaratish imkonini berad. Bundan tashqari yaratilgan havolaga nom berish ham mumkin.Misol:
/link 2h 10i havola nomi (maksimal 10 ta ulanishga ega 2 soat davom etadigan havola)Fursatdan foydalanib, sizni yaqinlashib kelayotgan Rojdestvo va Yangi yil bayramlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!