TGViewer
🇺🇿 Group Help | GH UZ 🇺🇿 Group Help | GH UZ @uzgrouphelp · 3.13K subscribers
Post #3 34.7K
⁣#yangilanish #8Dekabr

Hammaga salom, bugun biz yangilanish chiqarmoqdamiz, bu o'z o'rnida Telegramning so'nggi yangilanishiga bevosita bog'liq, shuningdek, bu so'nggi haftada biz kiritgan boshqa yangiliklarni ham o'z ichiga oladi.

😶‍🌫️ Kanal sifatida niqoblangan foydalanuvchilar
Telegramning so'nggi yangilanishida har bir foydalanuvchi o'zi yaratgan kanallar orqali guruhlarda yashirinib yozish imkoniyatini taqdim etdi (ommaviy guruhlar uchun). Bu o'z navbatida boshqalarning sizning guruhingizda turli xil spam xabarlar yuborishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli biz o'z botimizda yangi bo'lim yaratdik, unda foydalanuvchilarning kanal bo'lib yozishlariga cheklov o'rnatishingiz mumkin va eng asosiysi bu funksiya mutlaqo bepul!
Xizmatdan foydalanish uchun guruhga /config buyrug'ini yuboring va «Niqobli a'zo» bo'limini tanglang, ushbu bo'limda hammasi batafsil tushuntirib o'tilgan.

👉🏻 Hozircha, guruhlaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun «ban» cheklovini tanlashingiz va xabarni o'chirish qismini faollashtirishingizni tavsiya qilamiz.
Odatda kanal orqali yuborilgan xabarlar bot tomonidan aniqlab bo'lmaydi, shuning uchun ham klassik tekshiruvlar va jazolar (antispam, antiflood va boshqalar) ushbu xizmat uchun vaqtincha ishga tushmaydi, ammo biz kelgusi yangilanishlarda uni yo'lga qo'yishimiz mumkin.
Lekin shunday bo'lsada, siz kanal orqali yozganlar avvalgidek /ban yoki /unban buyruqlaridan foydalanib taqiqlashingiz mumkin.

🤫 Ovozsiz buyruqlar
Biz foydalanuvchilarni jazolashdagi klassik buyruqlar uchun «ovozsiz» versiyani yaratdik:
• /sban, /sunban
• /skick
• /smute, /sunmute
• /swarn, /sunwarn
agar admin ushbu amallarni bajarsa, guruhga yuboriladigan klassik xabarlar o'rniga, o'sha amal haqida botning shaxsiy chatida buyruq ishga tushgani haqida xabar yuboriladi.

🆕 Salomlashish va qoidalar
Guruh qoidalarini o'rnatish bo'limi to'liq qayta tiklandi va endi siz qoidalarni soddaroq va osonroq tarzda o'rnata olasiz.
Shuningdek, endi qoidalar bo'limida media xabarlaridan ham foydalana olasiz.
Salomlashish xabarini o'rnatish bo'limi ham xuddi shunday o'zgartirildi.
/backup orqali sozlamalarni ma'lum qismini, masalan qoidalar va salomlashish xabarlarini qo'shimcha sozlamalarsiz olish imkoniyatini taqdim etdik.

💥 O'zini-o'zi yo'q qiluvchi xabarlar 2.0
Telegram bir muncha vaqt oldin guruh xabarlarini o'z-o'zini yo'q qilish imkoniyatini taqdim etgan edi, shuning uchun biz bu funksiyasini rivojlantirishga qaror qildik. Xizmatdan faqatgina PRO guruhlari foydalana oladi.
Bundan buyon:
• bot tomonidan o'chiriladigan xabarlar turini tanlash (matn, rasm, video, sticker, gif...)
• qaysi foydalanuvchilar xabari o'chirilishini tanlash (rollarga qarab)

🔤 Taqiqlangan so'zlar 2: Ismni tekshirish
ULTRAPRO guruhlari uchun, taqiqlangan so'zlarning ikkinchi ro'yxatida ushbu so'zlar qaysi foydalanuvchi ismi ostida yuborilganini aniqlash (ism, familiya, username) imkoniyati paydo bo'ldi. Shuningdek, aniqlangan foydalanuvchiga individual jazo berish imkoniyati qo'shildi.

📁 Boshqa yangiliklar
• Antispam uchun istisnolarni kiritish paytidagi, boshqaruv tizimini xavfsizroq va funksionalroq qilish maqsadida oq ro'yxatga kiritmoqchi bo'lgan kanaldan xabar yuborish imkoniyatini ishga tushirdik
• Biz Telegramning yangilanishi orqali amalga oshirilgan yangi funksiyalarni rivojlantirishda davom etamiz: kelgusi haftalarda yanada ko'proq yangilanishlarga ega bo'lasiz.
More from @uzgrouphelp
  1. Jan 28, 2025⁣🆕 #update Hayrli kech! Bugun biz so'nggi oylarda amalga oshirilgan botning ba'zi yangi x…
  2. Apr 5, 2024⁣ 🆕 ⁣⁣⁣⁣⁣#yangilanish Hammaga xayrli kech, bugun biz Telegramning so‘nggi yangilanishi bi…
  3. Dec 5, 2022⁣Sizda kanal bormi? Uni professional tarzda boshqarishni xohlaysizmi? @chelpbot kanallar u…
  4. Nov 21, 2022⁣⁣#yangilanish 📨 Ulashilgan xabarlarni bloklash yaxshilandi Guruhdagi foydalanuvchilar yo…
  5. Nov 8, 2022⁣⁣#yangilanish #8noyabr Hammaga xayrli kun, bugun biz botning eng so'nggi Telegram yangila…
  6. Dec 23, 2021⁣#yangilanish #23dekabr Hammaga salom, bugun biz Telegram’ning so'nggi yangilanishlariga b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →