TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 109K subscribers
Post #46114 20.5K
⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.

👉На русском

Bizni kuzating:

❤Telegram         🌐 Facebook
🌐Youtube           🌐Instagram
🔎Veb-sayt          😄 Linkedin
  • 👍 24
  • 👏 4
  • 🎉 1
More from @uzedu
  1. Oct 17, 2026#KelajakkaInvestitsiya #MaktabgaXavfsizHarakat Bilim sari yo’l: “Maktabga xavfsiz harakat”…
  2. Oct 17, 2026#Инклюзив_таълим ✅ Xabaringiz bor, umumiy oʻrta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sin…
  3. Oct 16, 2026Biz zo‘ravonlikka qarshimiz! ➖ Bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatiga duch keldingizmi yoki…
  4. Oct 16, 2026🤖 Kod yozishdan robot yaratishgacha — endi maktabdagi klublarda! ➖ Davlat bog‘chalari va…
  5. Oct 16, 2026#Xalqaro_olimpiada #Taqdirlash_tadbiri 🇺🇿 O’zbekiston terma jamoasi —Xalqaro fizika olim…
  6. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →