TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 107K subscribers
Post #46053 11K

Forwarded from Invest in children / Sammit 2026

Nega bu sammit muhim?

21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusida Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammit 100 dan ortiq mamlakat vakillarini birlashtirib, bolalar farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashish va samarali yechimlarni muhokama qilish uchun xalqaro maydon yaratadi.

Unda:
• bolalarga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya;
• integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash;
• sog‘liqni saqlash;
• bolalar onkologiyasi;
• erta rivojlanish;
• inklyuziv ta’lim masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Sammitning asosiy maqsadi — turli mamlakatlarning ilg‘or tajribasini birlashtirish, amaliy yechimlarni ilgari surish va bolalar manfaatini markazga qo‘ygan yangi hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish.

Shuningdek, sammit yakunida Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Mazkur hujjat bolalar farovonligi bo‘yicha umumiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va kelgusidagi xalqaro hamkorlik uchun muhim asos bo‘lishi kutilmoqda.

Bugungi sarmoya — ertangi avlod kelajagi.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
  • 🔥 5
More from @uzedu
  1. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish…
  2. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri E…
  3. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  4. Oct 14, 2026"Qishloq maktabida ishlab, 2000 $ maosh olaman" — yurtimizning turli hududlarida mehnat qi…
  5. Oct 14, 2026#Maktabgacha_taʼlim ⏰O‘yin orqali bolalar yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, musta…
  6. Oct 14, 2026#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📢 "Kelajak" markazlari tavsiya qiladi! Respublika "K…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →