TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 107K subscribers
Post #46076 32.6K
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud holat va dolzarb masalalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlari bilan tanishdi.

Unda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari xususida so‘z bordi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda ta’lim mazmunini hayotiy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash hamda munosib rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish muhimligi qayd etildi.

Taqdimotlar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalarni aniq belgilash, ularning ijrosi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • 👍 19
  • 👏 8
More from @uzedu
  1. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish…
  2. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  3. Oct 14, 2026"Qishloq maktabida ishlab, 2000 $ maosh olaman" — yurtimizning turli hududlarida mehnat qi…
  4. Oct 14, 2026#Maktabgacha_taʼlim ⏰O‘yin orqali bolalar yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, musta…
  5. Oct 14, 2026#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📢 "Kelajak" markazlari tavsiya qiladi! Respublika "K…
  6. Oct 13, 2026Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak Bugun “FIRST Global Chal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →