Hozirda dasturlashni o'rganayotgan va mendan yoshi kichiklarga hayron qolaman. Qo'lida eng kuchli kompyuter bo'lishini hohlaydi. O'rganish uchun oddiysi ham bo'ladi keyinchalik yaxshisini olaverasan deganimda hafa bo'lganlari ham bo'lgandi.
Men dasturlashga ilk qadamlarimni aynan shu rasmdagi kompyuter bilan qo'yganman. Klaviautaraga qaramay yozishni ham shu o'rgatgan 😅
512 mb RAM va 512 gb hard diski bo'lar edi. Ichak chavoqlarini hammasini ochib expertiza qilardim. Arzon kompni qulayliklaridan biri ham shunda. Buzib qo'yishdan cho'chimaydi inson 😁
Sovuqda ekrani ko'rsatmay qolar edi. Keyin pechkani oldiga qo'yib ochilishini kutar edik. Sabrni ham shu o'rgatganov 👀
Endi o'rganayotganlarga maslahatim homhayol qilib, ishga kirganimdan darrov 1000-2000$ topib qarzlarimni uzaman demang. Ishlash uchun eng zo'ri kerak, lekin o'rganish uchun oddiysi ham bo'ladi.
Ha aytgandek birinchi WiFi ni ham shunda buzganman. Yashasin aircrack-ng 😎
@saudabdulwahed
Post #47
1.04K
