TGViewer
Channel Public Channel
UzCombinator

UzCombinator

@uzcombinator

UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀

Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi?

- 45 kunlik intensiv dastur
- $1000 stipendiya
- $1.000.000 gacha investitsiya

3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
Subscribers
8.45K
Photos
798
Videos
66
Links
220

Showing posts older than #1085 · Back to latest

Older Posts 14 shown
Post #1084 2.67K
🚀 UzCombinator 2-mavsum startaplari o‘z jamoasini kengaytirmoqda!

Istiqbolli loyihalar qatoriga qo‘shilish va real startap muhitida tajriba orttirish fursati yetdi 🔥

📌Hozirda qabul qilingan startaplar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kuchli mutaxassislar va hamkorlarni izlamoqda:

• CTO / COO / CMO
• B2B Sales Manager
• Product Manager
• UI/UX Designer


Agar siz o‘z bilimingizni amalda qo‘llash, katta maqsadlarga ega loyihalarda yetakchi rol o‘ynash va kelajagi porloq jamoalarning bir qismiga aylanishni istasangiz, imkoniyatni boy bermang!

👉 Quyidagi google formani to‘ldiring: https://forms.gle/eNdPr9fL9hBBHJFq6

Sizning ma’lumotlaringiz tegishli startap founderlariga taqdim etiladi va ular siz bilan tez orada bog‘lanishadi.

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 5
  • ❤ 3
Post #1083 2.27K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 1
Post #1082 2.5K
🚀 Asoschilarimiz uchun navbatdagi sessiya boshlandi!

Bugungi sessiyamiz mavzusi barcha startap va biznes egalari uchun eng muhim bosqichlardan biri:

👉 “How to get your first 50-100 customers?”

Spikerimiz Otabek Suvonov oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashadi hamda birinchi mijozlarni jalb qilishning samarali usullari va strategiyalari haqida soʻz yuritadi⚡️

⚡️ @uzcombinator
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 1
  • 🏆 1
Post #1081 2.32K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤‍🔥 3
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #1080 2.57K
UzCombinator Video message
Asoschilarimiz bilan Trackerlar sessiyasi boshlandi! 🚀

📊 Ushbu sessiyalar davomida trackerlarimiz asoschilar bilan guruh va individual shaklda ish olib borishadi. Ular loyihalarning kunlik va haftalik yangiliklarini, muammolarini hamda real traction (o'sish ko'rsatkichlari) holatini atroflicha tahlil qilib boradilar

📌 Trackerlar bilan ishlash asoschilarga nima beradi?

- Aniq yo'nalish: Loyihani to'g'ri strategiya va metric'lar bo'yicha rivojlantirish 🎯
- Muntazam nazorat: Har haftalik maqsadlarni belgilash va natijalarni tahlil qilish 🗓️
- Tashqi qarash: Tajribali mutaxassislardan xolis va obyektiv fikr-mulohazalar (feedback) olish ⚡️

Startaplarimiz uchun keyingi bosqich va intensiv rivojlanish davri boshlanmoqda! 🔥

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 8
  • 🔥 2
Post #1078 2.18K

Forwarded from Yoshlar Ventures

Yoshlar Ventures va UzCombinator - Silk Road Finance and Technology Forum’da

🗓 Bugun Yoshlar Ventures va UzCombinator jamoasi Silk Road Finance and Technology Forum’da ishtirok etmoqda.

Forum - moliya, texnologiya, innovatsiyalar va startap ekotizimi vakillarini bir maydonda jamlagan muhim tadbirlardan biri.


⚡️ Biz esa bu yerda yangi imkoniyatlar, hamkorliklar va O‘zbekiston startap ekotizimining kelajagi haqida fikr almashmoqdamiz.

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • 🔥 11
  • ❤ 8
  • ⚡ 2
Post #1077 3.57K
🚀 UzCombinator X Mutolaa: Yangi marraga start berildi!

Startap qurayotgan va tadbirkorlikka qiziquvchilar uchun endi Mutolaa da UzCombinator marrasi e'lon qilindi 🔥

📌 Endi siz bilan birgalikda Piter Tilning mashhur "Noldan Birgacha" kitobini Mutolaa ilovasi orqali birgalikda o‘qiymiz, muntazam mutolaa odatini shakllantiramiz va bilimimizni sinaymiz!

📅 Marra tafsilotlari:

- Marra davri: 25-avgust dan 10-sentabrgacha
- Test vaqti: 11-sentabr, 20:00
- Kunlik mutolaa: Atigi 20 daqiqa

🏆 G'olib ishtirokchilar uchun sovg‘alar:

🥇 UzCombinator asoschilari bilan Business Lunch + Merchlar to‘plami + 1 yillik Mutolaa Premium
🥈 UzCombinator asoschilari bilan Business Lunch + Merchlar to‘plami + 1 yillik Mutolaa Premium
🥉 UzCombinator asoschilari bilan Business Lunch + Merchlar to‘plami + 1 yillik Mutolaa Premium
🎗 4-20-o‘rinlar: Mutolaa ilovasi uchun 1 yillik Mutolaa Premium

💡 Qanday ishtirok etiladi?

1. Har kuni marrada belgilangan kitob qismini o‘qing.
2. Marra yakunida test savollariga javob berib, bilimingizni sinang.
3. Yuqori natija ko‘rsatib, qimmatbaho mukofotlarni qo‘lga kiriting!

👉 Marraga qo‘shilish uchun havola: https://mutolaa.com/davra/post/451658

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 15
  • 🔥 7
Post #1070 5.58K
🚀 Silicon Valley tajribasi UzCombinatorda!

Y Combinator hamda a16z kabi dunyoning top akseleratorlaridan o‘tgan global founderlar UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari bilan 4 kundan beri intensiv ravishda amaliy darslar o'tkazishmoqda va keyingi 2 kun davomida ham asoschilarimizga mentorlik qilishadi 🔥

📌 Quyida Sillicon Walley'dan kelgan mehmonlarimiz bilan tanishing:

• Mostafa Afr (Doomersion) - YC W26 ishtirokchisi. U til o'rganish uchun xuddi TikTok uslubida cheksiz "doomscroll" qilinadigan lenta yaratgan. Natijada foydalanuvchilar kuniga o'rtacha 3 soatlab vaqt sarflashadi (taqqoslash uchun: Duolingo'da o'rtacha 5 daqiqa). Uning loyihasi TechCrunch tomonidan YC'dagi eng qiziqarli startaplardan biri deb e'tirof etilgan. UPenn (M&T) dasturi bitiruvchisi.

• Bilal Asmatullah (Sciloop) - YC F25 ishtirokchisi, MIT talabasi (hozir ta'tilda) va Forbes Business Council a'zosi. Uning ilmiy tadqiqotlarni gipoteza yaratishdan tortib maqola yozishgacha to'liq avtomatlashtiradigan AI loyihasi $500K investitsiya olgan. U avval MIT CSAIL'da tadqiqotchi bo'lgan hamda 2022-yilgi Xalqaro Fizika olimpiadasida medal olgan.

• Jacob Gabel (Doomersion) - Doomersion loyihasining Chief Product Officer’i, dizayn va xususiyatlarning joriy qilinishini boshqaradi. Doomersion’dan oldin YC kompaniyalari bilan hamkorlik qilgan dizayn agentligi tashkil etgan.

• Hassan Syed (Doublespeed) - a16z Speedrun tomonidan qo'llab-quvvatlanib, $500K jalb qilgan loyiha hamasoschisi. Uning startapi brend marketingi va o'sish uchun AI tizimlarini quradi. IT olamidagi tajribasi juda katta: startap yaratishdan avval Google'da Senior muhandis, undan oldin esa Microsoft va Amazon kompaniyalarida ishlagan.

• Zuhair Lakhani (Doublespeed) - Doublespeed loyihasining hamasoschisi va CEO’si ($500K, a16z Speedrun 05). U kompaniyani bevosita San-Fransiskodan turib boshqaradi va u yerdagi Powell Street founderlar hamjamiyatining bir qismi hisoblanadi. Shuningdek, u delegatsiyadagi eng yosh jamoaning CEO’sidir.

• Mo Nasir (Altrina) - YC W25 bitiruvchisi, MIT bitiruvchisi. Uning ofis biznes jarayonlarini avtomatlashtiruvchi AI agentlari loyihasi $2.5M investitsiya olgach, yetakchi AI meditsina kompaniyasi Abridge tomonidan sotib olingan. Startap qilishdan oldin NVIDIA'da self-driving (avtopilot) mashinalari ustida 4.5 yil ishlab, 4 ta texnologik patentni ro'yxatdan o'tkazgan.

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 13
  • 🔥 5
  • ❤‍🔥 3
Post #1069 2.66K
Asosiy sessiyalardan so’ng asoschilarimiz jamoalarga bo’linib o’zlarini tracker’lari bilan individual ishlashni boshlashdi ⚡️

45 kun davomida tracker’larimiz asoschilarimizni kuzatib borishadi, ularni startapini chuqurroq o’rganib, o’z feedback lari bilan bo’lishishadi va startapni keyingi bosqichga tezroq olib chiqish uchun asoschilarimizga tun-u kun yordam berishadi 🔥

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 11
  • 🔥 6
  • ❤‍🔥 3
Post #1068 2.88K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 7
  • ❤‍🔥 4
  • 🔥 3
  • 😁 2
Post #1067 2.8K
UzCombinatorda Y Combinator founderlari bilan sessiyalar qizg’in davom etmoqda 🚀

Y Combinatordan o’zi kimlar kelgani haqida bilishni xoxlaysizmi?

Shu post 50 ta 🔥 yig’sa, Y Combinator founderlari bilan birma-bir tanishtiramiz!

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 40
  • 😁 5
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #1066 2.97K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 12
  • ❤‍🔥 4
  • ❤ 2
  • 🎉 1
Post #1065 2.86K
Hammaga xayrli kun :)
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →