TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.45K subscribers
Post #1070 5.59K
🚀 Silicon Valley tajribasi UzCombinatorda!

Y Combinator hamda a16z kabi dunyoning top akseleratorlaridan o‘tgan global founderlar UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari bilan 4 kundan beri intensiv ravishda amaliy darslar o'tkazishmoqda va keyingi 2 kun davomida ham asoschilarimizga mentorlik qilishadi 🔥

📌 Quyida Sillicon Walley'dan kelgan mehmonlarimiz bilan tanishing:

• Mostafa Afr (Doomersion) - YC W26 ishtirokchisi. U til o'rganish uchun xuddi TikTok uslubida cheksiz "doomscroll" qilinadigan lenta yaratgan. Natijada foydalanuvchilar kuniga o'rtacha 3 soatlab vaqt sarflashadi (taqqoslash uchun: Duolingo'da o'rtacha 5 daqiqa). Uning loyihasi TechCrunch tomonidan YC'dagi eng qiziqarli startaplardan biri deb e'tirof etilgan. UPenn (M&T) dasturi bitiruvchisi.

• Bilal Asmatullah (Sciloop) - YC F25 ishtirokchisi, MIT talabasi (hozir ta'tilda) va Forbes Business Council a'zosi. Uning ilmiy tadqiqotlarni gipoteza yaratishdan tortib maqola yozishgacha to'liq avtomatlashtiradigan AI loyihasi $500K investitsiya olgan. U avval MIT CSAIL'da tadqiqotchi bo'lgan hamda 2022-yilgi Xalqaro Fizika olimpiadasida medal olgan.

• Jacob Gabel (Doomersion) - Doomersion loyihasining Chief Product Officer’i, dizayn va xususiyatlarning joriy qilinishini boshqaradi. Doomersion’dan oldin YC kompaniyalari bilan hamkorlik qilgan dizayn agentligi tashkil etgan.

• Hassan Syed (Doublespeed) - a16z Speedrun tomonidan qo'llab-quvvatlanib, $500K jalb qilgan loyiha hamasoschisi. Uning startapi brend marketingi va o'sish uchun AI tizimlarini quradi. IT olamidagi tajribasi juda katta: startap yaratishdan avval Google'da Senior muhandis, undan oldin esa Microsoft va Amazon kompaniyalarida ishlagan.

• Zuhair Lakhani (Doublespeed) - Doublespeed loyihasining hamasoschisi va CEO’si ($500K, a16z Speedrun 05). U kompaniyani bevosita San-Fransiskodan turib boshqaradi va u yerdagi Powell Street founderlar hamjamiyatining bir qismi hisoblanadi. Shuningdek, u delegatsiyadagi eng yosh jamoaning CEO’sidir.

• Mo Nasir (Altrina) - YC W25 bitiruvchisi, MIT bitiruvchisi. Uning ofis biznes jarayonlarini avtomatlashtiruvchi AI agentlari loyihasi $2.5M investitsiya olgach, yetakchi AI meditsina kompaniyasi Abridge tomonidan sotib olingan. Startap qilishdan oldin NVIDIA'da self-driving (avtopilot) mashinalari ustida 4.5 yil ishlab, 4 ta texnologik patentni ro'yxatdan o'tkazgan.

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 13
  • 🔥 5
  • ❤‍🔥 3
More from @uzcombinator
  1. Oct 1, 2026🤔 Uy hayvonini sotib olish, sotish yoki unga kerakli mahsulotni topish uchun yana qancha…
  2. Oct 1, 2026🚀 Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! Startap olamida har bir muvaffaqiyatli MVP o…
  3. Sep 30, 2026🚀"The Art of Pitch" — Investorlar e’tiborini bir zumda qanday qozonish mumkin? Kuni kecha…
  4. Sep 29, 2026🚀 Orzuyingizdagi uyni qurish va loyihalash endi yanada oson! 🔍 Turkiyada yirik me'morchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →