1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Har bir katta g‘alaba ortida bilim bergan, yo‘l ko‘rsatgan va shogirdining imkoniyatlariga ishongan ustoz turadi.
UzChess jamoasi nomidan barcha ustoz va murabbiylarni bugungi bayram bilan samimiy tabriklaymiz! Sizning bilimingiz, sabringiz va mehnatingiz tufayli yangi avlod o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishish sari dadil qadam tashlamoqda.
Ayniqsa, yosh shaxmatchilarimizni tarbiyalab, ularning har bir yurishi va har bir g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shayotgan shaxmat murabbiylariga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
Post #16284
5.34K

- 👍 48
- ❤ 12
- 🔥 9
- 👏 3
- 🤝 1