🇺🇿 O‘zbekiston-2 dan tarixiy sensatsiya!
Kecha Angliyani 2,5:1,5 hisobida yenggan yigitlarimiz bugun 🇳🇱 Niderlandiyani 3,5:0,5 hisobida taslim etdi.
Bu natijaning salmog‘i katta. Niderlandiya 9-tur oldidan 13 ochko bilan 4-o‘rinda edi, O‘zbekiston-2 esa xuddi shu 13 ochko bilan 10-o‘rinda.
Raqib tarkibida Anish Giri, Jorden van Foreest, Loek van Wely va Erwin l’Ami bor. Eng qizig‘i, reyting bo‘yicha to‘rtta doskaning barchasida raqib vakillari ustun edi. Ammo reytinglar ishlamadi.
Jahongir Vohidov, Muhammadzohid Suyarov va Ortiq Nig‘matov g‘alaba qozondi, Abdimalik Abdisalimov durang o‘ynadi. 3,5:0,5!
Natijada O‘zbekiston-2 hisobidagi ochkolar 15 taga yetdi. 31-raqamli jamoa sifatida Olimpiadani boshlagan tarkibimiz endi so‘nggi ikki turga yuqori o‘rinlar uchun real kurash ichida kirib bormoqda.
O‘zbekiston-2 tobora jiddiy kuchga aylanmoqda. Barakalla, yigitlar!
@alisher_sadullaev
Post #16130
4.87K
