⚡️G‘alaba uchun 200 ming dollar. Bundan ortiq motivatsiya bormi?
🇺🇿 Davlatimiz rahbari qarori bilan shaxmat bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlari uchun mukofot pullari oshirildi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida endi oltin medal uchun 200 ming, kumush uchun 100 ming, bronza uchun 50 ming dollar beriladi.
Yoshlar o‘rtasidagi Olimpiada va paralimpiadada mukofotlar 20 ming, 10 ming va 5 ming dollar etib belgilandi. Jahon va Osiyo miqyosidagi musobaqalar sovrindorlari, shuningdek, xalqaro grossmeyster unvonini olgan shaxmatchilar uchun ham rag‘bat miqdori oshirildi.
Bu qarorning aynan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi davom etayotgan kunlarda qabul qilingani shaxmatchilarimiz uchun juda katta motivatsiya bo‘ladi.
Qaror jamoamizga qo‘shimcha ruh berishi aniq. Eng muhimi, bu rag‘bat bugungi Olimpiada ishtirokchilarigagina emas, ularning o‘yinlarini kuzatib, shaxmatga havas qilayotgan minglab yoshlarimizga ham katta maqsadlar beradi.
🇨🇳 Qolaversa, bugun Xitoyga qarshi muhim tarixiy o‘yin. Yigitlar, Prezidentimizning ushbu qarori ayni pallada shijoatingizga shijoat qo‘shsin.
Olg‘a, azamatlar! G‘alaba yor bo‘lsin! Barcha jamoamizga muvaffaqiyat tilaymiz!
🔴Jonli efirni Uzchess Youtube kanalida tomosha qiling!
@alisher_sadullaev
Post #15969
6.4K
