TGViewer
UzChess UzChess @uzchesss · 19.8K subscribers
Post #15954 9.05K

Forwarded from Uzbekistan chess federation

Bugun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida dam olish kuni munosabati bilan barcha ishtirokchilar uchun Samarqand shahri bo‘ylab madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi

Ekskursiya dasturidan Samarqandning tarixiy va me’moriy obidalari — Shohi Zinda majmuasi, Imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi hamda Registon maydoniga tashrif buyurish o‘rin olgan.

Turli mamlakatlardan Samarqandga tashrif buyurgan shaxmatchilar uchun ushbu ekskursiya shaharning boy tarixi, noyob me’moriy merosi va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi nafaqat sport, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun ham muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

#ChessOlympiad #Samarkand2026

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
  • 👍 86
  • ❤ 23
  • 🔥 11
  • 🤩 5
More from @uzchesss
  1. Sep 24, 2026Ertaga biz uchun juda muhim kun!!!
  2. Sep 24, 20269-tur juftliklari ma'lum! Samarqanddagi shaxmat olimpiadasining navbatdagi — 9-turida barc…
  3. Sep 24, 20268-turdan keyingi turnir jadvali: Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi…
  4. Sep 24, 2026Butunjahon shaxmat olimpiadasi 8-tur natijalari 🇺🇿O‘zbekiston milliy jamoasi Germaniyaga…
  5. Sep 24, 2026Humoyun Begmuratov Daniel Hovard Fernandezni mag'lub etdi! 👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lum…
  6. Sep 24, 2026🇳🇱Niderlandiya esa 🇦🇲Armaniston bilan murosa yo'lini tanladi! 🔴jonli efir 👋👋👋👋👋�…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →