O‘zbekiston — Hindiston! Samarqandda Olimpiadaning taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan eng asosiy jang!
Bugun 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida butun dunyo e’tibori qaratilgan, shubhasiz, turnirning eng muhim va markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi. Maydonda — peshqadam O‘zbekiston va amaldagi chempion Hindiston!
🥇O‘zbekiston: Ayni damda 1-o‘rinni egallab turibdi! Vengriyaga qarshi kechgan o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, ajoyib shiddat bilan barchani hayratda qoldirmoqda. Jamoamizning o‘rtacha reytingi — 2720.
🥉Hindiston: Turnirning 2-raqamli jamoasi va 2024-yilgi Olimpiada chempionlari hozirda 3-pog‘onada bormoqda. Ularning o‘rtacha reytingi — 2735.
🔥Nega bu o‘yin turnirda hal qiluvchi ahamiyatga ega? Musobaqaning asosiy da’vogarlaridan biri bo‘lgan AQSh terma jamoasi ochko yo‘qotdi. Germaniya kabi kuchli raqiblar ham oldinda, biroq agar biz ertaga amaldagi chempion Hindistonni mag‘lub etsak, bu chempionlik poygasida ulkan ustunlik taqdim etadi va oltin medallar sari juda jiddiy qadam tashlanadi. Asosiy raqobatchilar ochko yo‘qotayotgan pallada bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik muhim!
Yaqin yillarda bu ikki terma jamoa ikkita Olimpiadada to‘qnash kelgan:
Chennay-2022: 2:2 (shundan so‘ng O‘zbekiston sensatsion tarzda chempion bo‘lgan edi!)
Budapesht-2024: 2:2 (o‘shanda Hindiston chempionlikni qo‘lga kiritgandi). Ikki marta jangovar durang qayd etildi. Xo‘sh, uchinchi to‘qnashuvda kim ustun keladi?
O‘z uyimizda, o‘z xalqimiz va millionlab muxlislarimiz qarshisida yigitlarimiz tarixdagi eng mas’uliyatli qadamlardan birini qo‘yishmoqda. Butun O‘zbekiston bir yoqadan bosh chiqarib, yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlaydigan payt keldi!
Jonli efirni Uzchess Youtube kanalida tomosha qiling!
🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston!
👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Post #15897
11.6K

- ❤ 62
- 🔥 27
- 🏆 21
- 👍 6
- 👏 2