TGViewer
UzCERT Live UzCERT Live @uzcert_live · 2.86K subscribers
Post #1462 655
⚠️ Cisco Nexus 3000 va 9000 qurilmalarida aniqlangan kritik zaifliklar masofadan root huquqida kod bajarilishiga olib kelishi mumkin!

⚠️ 2026-yil 7-oktabr kuni Cisco kompaniyasi Nexus 3000 va Nexus 9000 seriyali tarmoq qurilmalariga taalluqli uchta kritik darajadagi xavfsizlik zaifligi haqida ma’lumot e’lon qildi. Mazkur zaifliklar Cisco NX-OS Software tarkibidagi Next Generation Operations, Administration, and Maintenance (NGOAM) funksiyasi bilan bog‘liq.

💻 Aniqlangan zaifliklarga CVE-2026-76485, CVE-2026-76486 va CVE-2026-76501 identifikatorlari berilgan. Ularning barchasi uchun CVSS 3.1 bo‘yicha asosiy xavflilik darajasi 9.8 ball etib baholangan. Zaifliklardan muvaffaqiyatli foydalanilgan taqdirda, autentifikatsiyadan o‘tmagan masofaviy hujumchi qurilmada root darajasidagi yuqori imtiyozlar bilan ixtiyoriy kodni bajarishi yoki qurilmaning normal ishlashini izdan chiqarishi mumkin.

📱 Batafsil

🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
  • 🔥 5
  • 😱 3
More from @uzcert_live
  1. Oct 9, 2026⚠️ React va Next.js serverlariga bitta POST so‘rovi orqali xizmat ko‘rsatishni izdan chiqa…
  2. Oct 9, 2026⚡️ DIQQAT! Telegram Desktop’dagi zaiflik birgina havola orqali fayllar o‘g‘irlanishi va ak…
  3. Oct 9, 2026#cyberkent2026 #cknews #redteam #blueteam #ochiqtopshiriqlar 🦁Cyberkent 4.0 – bu bilim va…
  4. Oct 8, 2026⚠️ Linux tizimlarida imtiyozlarni oshirish: asosiy usullar, vositalar va himoyalanish chor…
  5. Oct 8, 2026⚠️ “FortiBleed” kiberhujumlari: 86 mingdan ortiq FortiGate qurilmasi nishonga olingan! 🚫…
  6. Oct 8, 2026⚠️ Elastic mahsulotlarida 14 ta xavfsizlik zaifligi aniqlandi: Kibana’dagi kamchilik boshq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →