TGViewer
UzCERT Live UzCERT Live @uzcert_live · 2.85K subscribers
Post #1460 761
⚠️ “FortiBleed” kiberhujumlari: 86 mingdan ortiq FortiGate qurilmasi nishonga olingan!

🚫 AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI) va AQSh Maxfiy xizmati (USSS) tomonidan e’lon qilingan qo‘shma kiberxavfsizlik ogohlantirishida dunyoning turli mamlakatlaridagi internetga ochiq Fortinet FortiGate xavfsizlik qurilmalari va SSL VPN shlyuzlariga qarshi davom etayotgan FortiBleed kiberhujumlari haqida ma’lum qilindi.

👺 Ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kiberhujumlar doirasida 194 ta mamlakatdagi 86 644 dan ortiq qurilma nishonga olingan. Hujumlar, ayniqsa, FortiGate qurilmalarining boshqaruv interfeyslari yoki masofaviy ulanish xizmatlari internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq bo‘lgan tashkilotlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

💻 FortiBleed nomi bitta yangi Fortinet zaifligiga emas, balki o‘g‘irlangan, sizib chiqqan yoki kuchsiz parollardan foydalanib FortiGate qurilmalariga noqonuniy kirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli kiberhujumlarga nisbatan qo‘llanmoqda.

Kiberjinoyatchilar o‘g‘irlangan login va parollardan foydalanib, ularni tekshirish, parollarni buzish va ishlayotgan hisoblarni aniqlash uchun turli serverlardan tashkil topgan infratuzilmadan foydalangani qayd etilgan.

📱 Batafsil

🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
  • 😱 4
  • 🔥 3
  • 👍 2
More from @uzcert_live
  1. Oct 9, 2026⚠️ React va Next.js serverlariga bitta POST so‘rovi orqali xizmat ko‘rsatishni izdan chiqa…
  2. Oct 9, 2026⚡️ DIQQAT! Telegram Desktop’dagi zaiflik birgina havola orqali fayllar o‘g‘irlanishi va ak…
  3. Oct 9, 2026#cyberkent2026 #cknews #redteam #blueteam #ochiqtopshiriqlar 🦁Cyberkent 4.0 – bu bilim va…
  4. Oct 8, 2026⚠️ Cisco Nexus 3000 va 9000 qurilmalarida aniqlangan kritik zaifliklar masofadan root huqu…
  5. Oct 8, 2026⚠️ Linux tizimlarida imtiyozlarni oshirish: asosiy usullar, vositalar va himoyalanish chor…
  6. Oct 8, 2026⚠️ Elastic mahsulotlarida 14 ta xavfsizlik zaifligi aniqlandi: Kibana’dagi kamchilik boshq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →