⚠️ Microsoft Defender’da yangi ShieldCrash zaifligi: yangilangan Windows tizimlarida ham SYSTEM darajasida fayllarni o‘qish mumkin!
🛡 Microsoft Defender — Windows operatsion tizimining zararli dasturlarni aniqlash va ulardan himoyalanish uchun mo‘ljallangan asosiy xavfsizlik vositalaridan biridir. Shu sababli Defender’ning o‘zidagi har qanday yuqori darajadagi zaiflik nafaqat alohida foydalanuvchilar, balki tashkilotlarning axborot xavfsizligi uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
🚫 2026-yil 9-sentabr kuni xavfsizlik tadqiqotchisi MSNightmare tomonidan Microsoft Defender bilan bog‘liq yangi “ShieldCrash” nomli proof-of-concept (PoC) ommaga taqdim etildi. Tadqiqotchining da’vosiga ko‘ra, ushbu usul Microsoft tomonidan yaqinda tuzatilgan ShieldBreak CVE-2026-69414 zaifligiga qo‘yilgan himoyani ayrim sharoitlarda chetlab o‘tishi va to‘liq yangilangan Windows tizimida ham SYSTEM darajasida ixtiyoriy fayllarni o‘qish imkonini berishi mumkin.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
Post #1391
1.17K

- 😱 4
- 🔥 2
- 👍 1