Birinchi marta Amerikaga roppa-rosa 10 yil oldin talaba bo'lib kelgandim. 2014 yil avgust oyining aynan shu kunlarida magistraturada o'qishni boshlayotgan edim.
Oradan 10 yil o'tdi, ertaga dushanbadan boshlab yana darsim boshlanyapti. Faqat bu safar men talaba emas, endi universitet professori bo'lib darsni va faoliyatimni boshlayman... Vaqtni tez o'tishini qarang.
Bu semestrda 120ta studentim bor. Asosiy faoliyatim tadqiqot bo'lgani bilan, dars berish ham kasbimning muhim qismi. Yaxshi boshlab olaman deb umid qilaman.
@uzbekonomics
Post #968
27.6K