TGViewer
Channel Public Channel
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi

@uzbekkinopress

Kinematografiya agentligining rasmiy sahifasi

Web sayt: https://uzbkino.uz

Facebook: https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/

Ishonch telefoni: +(998 71) 277 81 07
email: info@uzbkino.uz

Manzil: Toshkent sh. Chilonzor ko'chasi 1 A uy
Subscribers
3.39K
Photos
20.4K
Videos
3.6K
Links
8.1K
Recent Posts 7 shown
Post #30815 932
🎬 “Herman Vamberi va Mulla Is’hoq” tarixiy badiiy-publitsistik filmining suratga olish jarayonidan videolavha.

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
  • 👍 1
Post #30805 1.03K
⚡️ “HERMAN VAMBERI VA MULLA IS’HOQ” FILMI SURATGA OLINMOQDA

O‘zbekiston va Vengriya hamkorligidagi “Herman Vamberi va Mulla Is’hoq” tarixiy badiiy-publitsistik filmi yaratilmoqda.

Kartina XIX asrda Markaziy Osiyoga sayohat qilgan vengriyalik sharqshunos va sayyoh Herman (Arminiy) Vamberi hamda uning hamrohi tarjimon Mulla Is’hoq haqida hikoya qiladi.

Suratga olish ishlari Vengriya va Slovakiyada o‘tkazildi. Oktabr oyida ijodiy guruh Buxoro, Xiva, Samarqand, Amudaryo va Qoraqalpog‘istonda, keyingi bosqichda esa Istanbulda ishlaydi. Loyiha geografiyasi to‘rt davlatni qamrab oladi.

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
  • 👍 1
Post #30804 1.26K
⚡️ “Osmoni falaklarda” — xalqaro kinofestival g‘olibi

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida 12–25-sentabr kunlari o‘tkazilgan “Antares” xalqaro kinofestivalida ssenariy muallifi — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov, rejissyor — Jahongir Qosimovning “Osmoni falaklarda” badiiy filmi “Eng yaxshi kasb yoritilgan film” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kinematografiya agentligi film ijodkorlarini ushbu xalqaro yutuq bilan muborakbod etib, kelgusi ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
  • 👏 4
  • 🔥 2
  • 🏆 1
Post #30803 1.61K
⚡️ O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Turk kino kunlari Turkiyaning TRT teleradiokompaniyasi tomonidan keng yoritilmoqda.

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
  • 👍 2
Post #30801 2.92K
#Turk_kino_kunlari

⚡️ O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘tkazilgan “Turk kino kunlari” ochilish marosimidan videolavha.

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
Post #30791 2.79K
🇺🇿🇹🇷 O‘ZBEKISTONDA TURKIYA KINO KUNLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

⚡️ O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “O‘zbekiston–Turkiya madaniyat va san’at uchrashuvlari — Turk kino kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy va ijodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, kino san’ati orqali ikki mamlakat ijodkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Serdar Jam, Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Ufuk Ulutash, taniqli turk kino yulduzlari Serkan Chayog‘lu, Engin Altan DuzYatan, Deniz Barut Aksu va boshqa kinoijodkorlar, soha mutaxassislari, OAV vakillari hamda kino ixlosmandlari ishtirok etdi.

Marosim doirasida ikki mamlakat kino san’ati rivoji, ijodiy hamkorlik va madaniy almashinuvning ahamiyati ta’kidlandi. Tadbir badiiy chiqishlar va musiqiy dastur bilan davom etdi.

Turk kino kunlari 29-sentabrga qadar davom etadi.

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
Older posts →

About this channel

How can I read @uzbekkinopress without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O‘zbekiston Kinematografiya agentligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O‘zbekiston Kinematografiya agentligi have?
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi (@uzbekkinopress) has 3.39K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O‘zbekiston Kinematografiya agentligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →