TGViewer
Uzbek DNA Uzbek DNA @uzbekdna · 729 subscribers
Post #671 729
Узбек из Карамкола

J1 → J-P58 → J-L858 → J-FGC1707

У узбека из города Карамкол, провинция Фарьяб (Афганистан) определена Y-гаплогруппа J-FGC1707, общий предок современных носителей которой жил около 650 г. до н. э.

Субклад имеет ближневосточное происхождение и наиболее широко представлен среди арабов Аравийского полуострова, но встречается и у других народов Ближнего Востока, Передней Азии и Средиземноморья.

У тестируемого нет преданий об арабском происхождении, однако в ветви представлены Бану Тамим, Бану Сулайм и линии Саудитов, восходящих к Бану Ханифа. Учитывая многочисленность Бану Тамим в армиях арабских завоевателей Центральной Азии, линия могла попасть в регион ещё в раннем Средневековье.

В ветви также присутствует палеоДНК средневекового ногайца, поэтому возможно и происхождение через кочевников Золотой Орды, куда эта арабская линия могла попасть через Центральную Азию, Крым или Кавказ.

ПалеоДНК образцы
⚱️🇧🇬 Akva Kalide 40570 (гот, 320–375 гг. н. э.)
⚱️🇸🇾 Tell Qarassa 5 (араб исламской эпохи, 666–768 гг. н. э.)
⚱️🇸🇾 Tell Masaikh 3359 (средневековый Левант, 680–828 гг. н. э.)
⚱️🇺🇦 Mamay-Gora 20 (средневековый ногаец, 1400–1500 гг. н. э.)


———

Qaramqo‘llik o‘zbek

J1 → J-P58 → J-L858 → J-FGC1707

Afg‘onistonning Faryob viloyati Qaramqo‘l shahridan bo‘lgan o‘zbekda J-FGC1707 Y-gaploguruhi aniqlangan. Ushbu liniyaning zamonaviy tashuvchilarining umumiy ajdodi taxminan mil. avv. 650-yilda yashagan.

Mazkur subklad Yaqin Sharq kelib chiqishiga ega bo‘lib, eng keng tarqalishi Arabiston yarimoroli arablari orasida kuzatiladi, biroq Yaqin Sharq, G‘arbiy Osiyo va O‘rta Yer dengizi mintaqasidagi boshqa xalqlarda ham uchraydi.

Test topshiruvchida arab kelib chiqishi haqida rivoyatlar saqlanmagan, biroq tarmoqda Banu Tamim, Banu Sulaym hamda o‘z kelib chiqishini Banu Hanifaga olib boruvchi Saudiylar liniyalari mavjud. Markaziy Osiyodagi arab fathlari qo‘shinlarida Banu Tamim vakillari ko‘p bo‘lganini hisobga olsak, ushbu liniya mintaqaga ilk o‘rta asrlardayoq kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

Tarmoqda o‘rta asr no‘g‘oyga tegishli paleoDNK namunasi ham mavjud, shu sababli liniyaning Oltin O‘rda ko‘chmanchilari orqali kelib chiqishi ham mumkin. Ushbu arab liniyasi ularning tarkibiga Markaziy Osiyo, Qrim yoki Kavkaz orqali kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

PaleoDNK namunalari
⚱️🇧🇬 Akva Kalide 40570 (got, mil. 320–375)
⚱️🇸🇾 Tell Qarassa 5 (islomiy davr arab, mil. 666–768)
⚱️🇸🇾 Tell Masaikh 3359 (o‘rta asr Shom, mil. 680–828)
⚱️🇺🇦 Mamay-Gora 20 (o‘rta asr no‘g‘oy, mil. 1400–1500)
  • 👍 10
  • 🔥 5
  • 🤯 2
  • 🫡 1
More from @uzbekdna
  1. Oct 5, 2026Реконструкция лица представителя улаанзухской культуры Улаанзухская культура существовала…
  2. Oct 2, 2026Buxoro mang’it amirlarining ajdodlari va shayboniylar. Bir qator manbalarning guvohlik ber…
  3. Sep 30, 2026🇺🇿 Turkiston ASSR Samarqand viloyatidagi o'zbek urug'lari. Samarqand viloyati: Samarqand…
  4. Sep 28, 2026Узбек из Наримана C2 → C-M48 → C-M86 По данным Family Finder Tranfser, у узбека из села На…
  5. Sep 25, 2026🇺🇿Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi O'zbek urug'lari. BXSR (1920–1924) o'z tarkibiga o'…
  6. Sep 23, 2026Реконструкция лица мужчины из кочевого погребения золотоордынского периода в Букеевской ст…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →