TGViewer
Uzbekistan chess federation Uzbekistan chess federation @uzbchessfederation · 5.29K subscribers
Post #4711 1.88K
⚡️Joriy yilning shaxmat olamidagi muhim voqeasi: Samarqandda 46-Jahon shaxmat olimpiadasi yakunlandi

Joriy yilning 16–27-sentabr kunlari Samarqand shahrida 46-Jahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqada ilk bor 205 davlatdan 397 ta jamoa, jami 1970 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston olimpiadada 3 ta erkaklar va 3 ta ayollar jamoasi bilan qatnashdi.

O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi 11 turdan 10 tasida g‘alaba qozonib, 20 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi va ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi. Jamoamiz Hindiston, Xitoy, AQSH va Ukraina kabi FIDE reytingida TOP-10 talikka kiruvchi kuchli jamoalar ustidan muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Shaxsiy natijalarga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada oltin, Javohir Sindorov 2-taxtada bronza, Nodirbek Yoqubboyev esa 3-taxtada kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Samarqandda o‘tkazilgan III Shaxmat Paraolimpiadasida O‘zbekiston para-shaxmat jamoasi tarixda ilk bor 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqa doirasida hududlarda tashkil etilgan “Fan zonalari”ga qariyb 500 ming nafar tomoshabin tashrif buyurdi. 60 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy mehmon Samarqanddagi shaxmat olimpiadasini bevosita kuzatdi.

46-Jahon shaxmat olimpiadasida ilk bor 55 nafar o‘zbekistonlik shaxmat arbitri bahslarda hakamlik qildi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan ta’sis etilgan “FIDE Excellence Awards 2026” xalqaro mukofotining “Eng yaxshi federatsiya” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

So‘nggi 10 yil davomida O‘zbekistonning 17 nafar shaxmatchisi xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‘ldi. Ularning 5 nafari ayollardir.

Shuningdek, Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova esa FIDEning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylandi.

Mazkur natijalar O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizning xalqaro shaxmat maydonidagi nufuzini mustahkamlash borasidagi ishlarning muhim natijasidir.

#ChessOlympiad #Samarkand2026

🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
  • 🏆 6
  • 🔥 4
  • ⚡ 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 😍 1
More from @uzbchessfederation
  1. Sep 28, 2026🇺🇿Prezidentga berilgan va’da bajarildi: Samarqanddagi tarixiy g‘alaba va $200 000 mukofo…
  2. Sep 28, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →