TGViewer
UzA | Tezkor xabarlar UzA | Tezkor xabarlar @uzauz · 26.5K subscribers
Post #23820 3.98K
🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️

Surxondaryoda qariyb 42 kg narkotik musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatidan harakatlanib kelgan, Denov tumanida yashovchi, 1977 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina mazkur tuman hududida to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada, uning yukxonasiga o‘rnatilgan gaz balloni ichiga 43 dona o‘ramda jami 41 kg 904 gr “opiy” moddasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotikni olib ketish uchun kelgan vaqtida 1960 va 1983 yillarda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan denovlik va sariosiyolik 2 nafar fuqaro ushlandi.

Tezkor tadbirning keyingi bosqichida esa qo‘shni davlatdan olib kelingan narkotik moddalar buyurtmachisi hisoblangan – muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, Sariosiyo tumanida yashovchi shaxs ham qo‘lga olindi.

⚖️ Hozirda narkosavdogarlarning barchasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
More from @uzauz
  1. Oct 10, 2026🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️ Sintetik narkotiklar savdosiga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xi…
  2. Oct 9, 2026📝📝📝📝📝📝📝 ⚡️Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan…
  3. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
  4. Oct 9, 2026Prezidentimiz MDHga bo‘lajak raislikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Kanalga u…
  5. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisi…
  6. Oct 9, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →