TGViewer
UzA | Tezkor xabarlar UzA | Tezkor xabarlar @uzauz · 26.6K subscribers
Post #23831 3.69K
🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️

Sintetik narkotiklar savdosiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida joylashgan “Uch qahramon” YPX maskanida poytaxt hududiga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 2004-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan shaxsga tegishli sellofan paket ichida 200 dona zip paketlarga qadoqlangan jami 365 gr “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, u vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Toshkent tumanidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzildan ham 734 gr “Mefedron”, 63 gr “Alfa-PVP”, 45 gr “Spays”, 2 dona elektron tarozi, zip-paketlar va boshqa ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, muqaddam o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan mazkur shaxs hozirda internet narkodo‘konda “zakladchik” sifatida ishlayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
More from @uzauz
  1. Oct 9, 2026📝📝📝📝📝📝📝 ⚡️Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan…
  2. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
  3. Oct 9, 2026Prezidentimiz MDHga bo‘lajak raislikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Kanalga u…
  4. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisi…
  5. Oct 9, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi…
  6. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Avaza” milliy say…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →