TGViewer
UzA | Tezkor xabarlar UzA | Tezkor xabarlar @uzauz · 26.5K subscribers
Post #23819 5.54K
Misrga safar qiluvchilar uchun yangi talablar joriy etiladi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Misr Arab Respublikasiga kirishi bo‘yicha quyidagi yangilangan tartib joriy etiladi:

➖Vizani oldindan rasmiylashtirish

O‘zbekiston fuqarolari Misrga safar qilishdan oldin kirish vizasini Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali oldindan olishlari shart.

➖Turistik safarlarni tashkil etish

Turistik safarlar vakolatli turoperatorlar orqali tashkil etiladi.

➖Yoshga oid talablar va moliyaviy kafolatlar

• 40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar Misrga faqat yaqin oila a’zolari (ota-ona, er-xotin yoki farzandlari) hamrohligida safar qilishi mumkin. Bunda oila tasarrufida safar davomida kamida 5000 AQSH dollari miqdorida naqd mablag‘ mavjud bo‘lishi talab etiladi.

• 40 yoshdan yuqori bo‘lgan mustaqil sayohat qiluvchilar kamida 3000 AQSH dollari miqdorida naqd moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishlari lozim.

➖Kirish va nazorat tartibi

Misrga kirish chog‘ida quyidagi hujjat va ma’lumotlar taqdim etilishi shart:

• mehmonxona bron qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
• mobil aloqa ma’lumotlari;
• yetarli moliyaviy ta’minot tasdig‘i.

➖Viza maqomini o‘zgartirishga cheklov

Misr hududida bo‘lish davomida turistik vizani boshqa turdagi vizaga almashtirish bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmaydi.

➖Talablarga rioya etmagan yo‘lovchilar

Zarur hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan shaxslar mamlakatga kiritilmasligi va ularni olib kelgan aviakompaniya orqali qaytarilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Qohira shahridagi Elchixonasi fuqarolardan Misrga safarlarni rejalashtirishda ushbu ma’lumotlarni inobatga olishlarini so‘raydi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
More from @uzauz
  1. Oct 10, 2026🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️ Sintetik narkotiklar savdosiga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xi…
  2. Oct 9, 2026📝📝📝📝📝📝📝 ⚡️Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan…
  3. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
  4. Oct 9, 2026Prezidentimiz MDHga bo‘lajak raislikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Kanalga u…
  5. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisi…
  6. Oct 9, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →