TGViewer
UzA | Tezkor xabarlar UzA | Tezkor xabarlar @uzauz · 26.5K subscribers
Post #23818 3.58K
Buxoro shahar sudidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar sudi raisining xizmat xonasida pora sifatida berilgan pul mablag‘lari topilgani haqida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur holat bo‘yicha advokatga nisbatan tergov harakatlari, sudyaga nisbatan esa Sudyalar oliy kengashi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Ayni paytgacha xizmat tekshiruvi va tergov jarayonida sudyaning advokatdan pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi biror-bir dalil aniqlanmagan.

Pul mablag‘lari advokatning yonidan va sudyaning xizmat xonasiga kirish qismidagi shkafning ochiq, barchaga ko‘rinib turadigan o‘rta qismidan rasmiylashtirib olingan.

Ayni paytda xizmat tekshiruvi hamda tergov jarayonlari davom etayotganligi va natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilinadi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilgan holda, shoshilinch xulosa chiqarmaslik so‘raladi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
More from @uzauz
  1. Oct 10, 2026🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️ Sintetik narkotiklar savdosiga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xi…
  2. Oct 9, 2026📝📝📝📝📝📝📝 ⚡️Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan…
  3. Oct 9, 2026#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari…
  4. Oct 9, 2026Prezidentimiz MDHga bo‘lajak raislikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Kanalga u…
  5. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisi…
  6. Oct 9, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →