Kannavaro «Oltin to‘p» uchun o‘z favoritini aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026-yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda kimni munosib nomzod deb bilishini ma’lum qildi.
Italiya terma jamoasining sobiq sardori o‘z tanlovini «PSJ» va Gruziya milliy jamoasi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya foydasiga amalga oshirishini ta’kidladi.
Kannavaroning fikricha, futbolchini baholashda faqat eng so‘nggi uchrashuvlar yoki voqealarga emas, butun mavsum davomida ko‘rsatgan saviyasiga e’tibor qaratish kerak.
«Xotiram yaxshi, shuning uchun faqat yaqindagi voqealarga qarab xulosa qilmayman. O‘tgan mavsum Chempionlar ligasida men uchun eng yorqin futbolchi Kvaratsxeliya bo‘ldi. Agar ovoz berish imkoniyatim bo‘lganida, bir soniya ham ikkilanmagan bo‘lardim», — dedi Kannavaro La Gazzetta dello Sport nashriga.
Mutaxassis boshqa kuchli nomzodlar borligini ham inkor etmadi.
«Jahon chempionati, Mbappe yoki Messining faoliyatini eslash mumkin. Ammo Kvara aqlbovar qilmas darajadagi ishlarni amalga oshirdi», — deya qo‘shimcha qildi u.
2026 yilgi «Oltin to‘p» taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6283
1.99K

- 😁 10
- ❤ 8
- 👍 4