TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.58K subscribers
Post #6290 1.71K
Behruz Karimovning goli inobatga olinmadi, "Lugano" esa yirik g‘alabaga erishdi (VIDEO)

10-oktyabr kuni Shveytsariya Superligasining 10-turi doirasida "Lugano" o‘z maydonida "Lyutsern"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Lugano" safida o‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 74 daqiqa harakat qildi.

Mezbonlar bahsning 12-daqiqasida hisobni ochdi. Daniel dos Santos Lars Mayning uzatmasidan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda "Lugano" ustunligini yanada mustahkamladi. 61-daqiqada "Lyutsern" futbolchisi Ruben Dantash Fernandes to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.

69-daqiqada Behruz Karimov ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq hakam ofsayd holati sababli o‘zbekistonlik futbolchining golini hisobga olmadi.

74-daqiqada Karimov o‘rniga Damian Kelvin maydonga tushdi. Hamyurtimiz uchrashuvning 4-daqiqasida sariq kartochka ham olgan edi.

78-daqiqada Daniel dos Santos o‘zining ikkinchi golini urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 87-daqiqada esa Derek Moncada to‘rtinchi golni kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng "Lugano" ochkolarini 28 taga yetkazib, Shveysariya Superligasi turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Jamoa 10 ta uchrashuvda 9 ta g‘alaba va bitta durang qayd etgan bo‘lib, hozircha mag‘lubiyatga uchramagan.
"Lyutsern" esa 12 ochko bilan sakkizinchi pog‘onada joylashgan.

Shveysariya Superligasi. 10-tur
"Lugano" – "Lyutsern" – 4:0
Gollar: Daniel dos Santos (12, 78), Ruben Dantash Fernandes (61, avtogol), Derek Moncada (87).

Behruz Karimov: 74 daqiqa, sariq kartochka (4), ofsayd sabab bekor qilingan gol (69).

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 5
More from @uzasport
  1. Oct 11, 2026🇺🇿 O‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan «Rizespor» va «Dinamo Maxachqala» yirik h…
  2. Oct 11, 2026«Real Madrid» qiyin g‘alabaga erishdi, «Inter» va PSJ esa ishonchli hisobda zafar quchdi 1…
  3. Oct 10, 2026"Manchester Yunayted" g‘alabani qo‘ldan chiqardi: "Tottenhem" 10 kishi bo‘lib durangga eri…
  4. Oct 10, 2026"Barselona" "Xetafe"ni yirik hisobda mag‘lub etib, La Ligadagi g‘alabali yurishini davom e…
  5. Oct 10, 2026Post #6287
  6. Oct 10, 2026Superligada 23-turning bugunga belgilangan "Qizilqum" - "Surxon" bellashuvida hisob ochilm…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →