TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.58K subscribers
Post #6282 1.98K
Bloomberg: «Manchester Siti» katta jarima evaziga og‘ir jazolardan qutulishi mumkin edi

«Manchester Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ishi bo‘yicha Premyer-liga bilan murosaga kelish imkoniyati bo‘lgan, biroq tomonlar yakunda umumiy to‘xtamga kela olmagan.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, muhokama qilingan variantlardan birida Manchester klubi katta miqdorda jarima to‘lashi evaziga yanada og‘ir sanksiyalardan qutulib qolishi mumkin edi.

Xususan, bunday kelishuv «Siti»ni liga musobaqalaridan chetlatish yoki avval qo‘lga kiritilgan sovrinlardan mahrum qilish kabi choralar qo‘llanishining oldini olishi mumkinligi aytilgan.

Biroq muzokaralar natija bermagan. Manbaning qayd etishicha, bunga klubning o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmasdan, aybsiz ekanini qat’iy himoya qilishda davom etayotgani sabab bo‘lgan.

Ayni paytda «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy qoidalarning 114 bandini buzish bo‘yicha ayblov mavjud. Ish tafsilotlari kengayishi natijasida ushbu ko‘rsatkich 130 tagacha yetishi mumkinligi ham bildirilmoqda.

Shu sabab klub bo‘yicha yakuniy hukm qanday bo‘lishi va qanday sanksiyalar qo‘llanishi masalasi Angliya futbolidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 3
More from @uzasport
  1. Oct 11, 2026«Real Madrid» qiyin g‘alabaga erishdi, «Inter» va PSJ esa ishonchli hisobda zafar quchdi 1…
  2. Oct 10, 2026Behruz Karimovning goli inobatga olinmadi, "Lugano" esa yirik g‘alabaga erishdi (VIDEO) 10…
  3. Oct 10, 2026"Manchester Yunayted" g‘alabani qo‘ldan chiqardi: "Tottenhem" 10 kishi bo‘lib durangga eri…
  4. Oct 10, 2026"Barselona" "Xetafe"ni yirik hisobda mag‘lub etib, La Ligadagi g‘alabali yurishini davom e…
  5. Oct 10, 2026Post #6287
  6. Oct 10, 2026Superligada 23-turning bugunga belgilangan "Qizilqum" - "Surxon" bellashuvida hisob ochilm…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →